Platform Logo
Platform Logo

Ayollik tabiatingiz bilan hamohanglikda
yashang

Tabiiy usul bilan homiladorlikni
rejalashtiring yoki ortga suring

Boshlanishigacha
6
kun
12
soat
51
daq
28
son

Start · 2-oktabr, 2026Davomiyligi · 12 hafta

STM BU
Anor logo katta
Anor logo kichik
STM BU

Harorat va ajralmalarni tahlil qilish

Spiral va gormonal tabletkalarsiz qo'rquvsiz yaqinlik

Hayz ritmingizga mos, ongli va muvozanatli hayot

99,6% aniqlik bilan tabiiy rejalashtirish

Bu – tanangiz bilan hamohanglikda
yashash san'ati.

Kurs kimlar uchun

Hayot bosqichingizga mos yo‘nalishni tanlang

Turmush qurish yoshidagi qizlar uchun

Uyg‘un Boshlanish

Ayollikni tushunish — turmush qurgandan keyin emas, undan oldin boshlanadi. Turmush qurmasdan oldin Simptotermal metodni o‘rgansangiz:

  • Hayz siklingiz qanday ishlashini chuqur tushunasiz
  • Kelajakdagi turmush o‘rtog‘ingiz bilan farzand rejalashtirish masalasida ishonchli qaror qabul qilish uchun zarur bilimlarni olasiz
  • Unumdor va unumdor bo‘lmagan kunlarni ilmiy asosda aniqlashni o‘rganasiz
  • Ayollik salomatligingizni kuzatish odatini shakllantirasiz va organizmingizdagi o‘zgarishlarni erta payqashni o‘rganasiz
  • Spiral va boshqa kontrasepsiya vositalarining zararini oldindan tushunib yetasiz
Turmush qurgan ayollar uchun

Uyg‘un Oila

Farzandni qachon kutib olish yoki homiladorlikni tabiiy yo‘l bilan ortga surish — bu er-xotinning eng muhim qarorlaridan biridir. Simptotermal metod bilan siz:

  • Homiladorlikni rejalashtirish yoki tabiiy yo‘l bilan ortga surish qoidalarini o‘rganasiz
  • Unumdor va unumdor bo‘lmagan kunlarni yuqori aniqlik bilan aniqlashni o‘rganasiz
  • Farzand rejalashtirishda mas’uliyatni turmush o‘rtog‘ingiz bilan birgalikda bo‘lishish va o‘zaro ishonchni mustahkamlashni o‘rganasiz
  • Reproduktiv salomatligingizni har bir siklda kuzatib borish va organizmingizdagi muhim o‘zgarishlarni erta payqash ko‘nikmasini hosil qilasiz
  • Sog‘lig‘ingizga zarar berayotgan spiral va boshqa kontrasepsiya vositalarisiz yashashni o‘rganasiz
Tug‘ruqdan keyin hayzi hali tiklanmagan onalar uchun

Uyg‘un Onalik

Tug‘ruqdan keyingi davr ayol organizmidagi eng o‘zgaruvchan bosqichlardan biridir. Ayniqsa emizish davrida fertil belgilarni tushunish ko‘plab savollarni tug‘diradi. Simptotermal metod qoidalarini o‘rganib:

  • Tug‘ruqdan keyingi organizmda kechadigan tabiiy o‘zgarishlarni tushunasiz
  • Emizish davrida unumdorlik belgilarini to‘g‘ri kuzatishni o‘rganasiz
  • Birinchi ovulyatsiya va hayz tiklanishini oldindan aniqlashni o‘rganasiz
  • Farzandlar orasidagi tanaffusni tabiiy va ilmiy asoslangan usulda rejalashtirish imkoniga ega bo‘lasiz
  • O‘z salomatligingizni ishonch bilan kuzatib, bu davrni xotirjam o‘tkazasiz

KURS TARKIBI

Nozima Khamraeva
Nozima Khamraeva
  • "Natural Family Planning Teachers' Association" uyushmasining sertifikatli treneri (Buyuk Britaniya)
  • Irina Manso Akademiyasi — STM konsultantlarini kasbiy tayyorlash va rivojlantirish markazi (Rossiya) — 1-daraja konsultanti
  • «Открытые Сердца» hayot va oilani muhofaza qilish xayriya jamg'armasi (Belarus), Yevropa Oilaviy Ta'lim Instituti (EIFLE) bilan hamkorlikda — 2-daraja konsultanti

Videodarslar (20-30 daq.):

  • Ayol va erkak reproduktiv tizimining anatomiya va fiziologiyasi
  • Simptotermal metod darslari
  • Gormonlar, hayot tarzi va hayz ritmida yashash
Sumayya Hanafi
Sumayya Hanafi
Islom fiqhi bo'yicha mutaxassis, Iordaniya qirolligida Usul va Fiqh yo'nalishida bakalavr darajasiga ega.

Videodarslar (10-15 daq.):

  • Ayollik fiqhini o'rganish ahamiyati
  • Hayz, istihoza, nifos tushunchalari
  • Tahorat, g'usl, oq ajralmalar haqida
  • Er bilan yaqinlik masalalari
Ummu Umayr
Ummu Umayr
Diplomli psixolog-seksolog, integrativ nutritsiolog. 15+ kurs va loyihalar asoschisi; 2000+ ayol-qizlarni ijobiy natijaga olib chiqqan mutaxassis.

Videodarslik (35 daq.):

  • Ruhiy va jismoniy omillarning ahamiyati
  • To'shak masalasidagi kelishmovchiliklar
  • Oilani tabiiy rejalashtirishning jinsiy hayotga ijobiy ta’siri
  • Tiyilish kunlari uchun tavsiyalar
Sohiba Abdalniyozova
Sohiba Abdalniyozova
Doula, prenatal nutritsiolog. Ayollarga homiladorlik, oson tug'ruq va tug'ruqdan keyingi tiklanishga yordam beradigan mutaxassis.

Videodarslik (25 daqiqa):

  • Yoni-steam foydalari va uni uy sharoitida qilish
  • Oyoq parlash ahamiyati
Ruvayha
Ruvayha
Diplom va sertifikatli Tabiiy Tibbiyot yo'lovchisi, doula, tug'ruqqa tayyorlovchi murabbiy, gomeopat.

Videodarslik (40 daqiqa):

  • Sog'lom ayol bo'lish sirlari
Nodira Adxamovna
Nodira Adxamovna
2010–2020 yillar — Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida "Pediatriya ishi" yo'nalishi bo'yicha bakalavriat va magistratura. 1000+ bolalarni isbotlangan tibbiyot prinsiplari bo'yicha sog'lomlashtirishga xissa qo'shgan pediatr shifokor.

Videodarslik (1 soat):

  • To'g'ri emizish qoidalari
  • Sut yetarli bo'lishi haqida
  • Bola yoshiga qarab emizish
  • Emizishni muvaffaqiyatli yakunlash

ILMIY ASOSLANGAN SAMARADORLIK

Ideal qo'llashda
Har bir tavsiyaga qat'iy amal qilinganda
99,6%

(Pearl ko'rsatkichi: 0,4)

Manba: Human Reproduction, 2007

Oddiy qo'llashda
Qo'llashda kamchiliklarga yo'l qo'yilganda
98,2%

(Pearl ko'rsatkichi: 1,8)

Manba: Osteopath Fam Physician, 2013

Taqqoslash
(oddiy foydalanish)
15Prezervativ
9Gormonal
1.8STM
Usul
Pearl ko'rsatkichi
Samaradorlik
Prezervativ
15
85%
Gormonal tabletkalar
9
91%
Simptotermal usul
1.8
98.2%

Kurs muallifi

Nozima Khamraeva

Kurs muallifi

Nozima Khamraeva

Buyuk Britaniya "Natural Family Planning Teachers' Association" uyushmasining sertifikatli treneri.

O'zbekistonda ilk marotaba ayollar uchun ko'p martalik matoli tagliklarni tanishtirgan ayol.

2 ta farzandini tibbiy xodimlar va aralashuvlarsiz, ongli yondashib, oʻz uyida dunyoga keltirgan ona.

NFP sertifikati — Natural Family Planning Teachers' Association

NFP sertifikati

STM konsultant 1-daraja sertifikati

STM konsultant, 1-daraja

STM konsultant 2-daraja sertifikati

STM konsultant, 2-daraja

Ko'p beriladigan savollar

Kurs haqida sizni qiziqtirgan savollarga javoblar.

Tariflar

O'zingizga mos tarifni tanlang va sog'lom hayot sari ilk qadamni tashlang.

Uyg‘un Boshlanish
3.999.000 UZS
  • Simptotermal metod darslari
  • Ayollik Fiqhi darslari
  • Bonus dars “Yoni-steam”
  • 4 oy davomida kurs materiallariga kirish
  • 1 ta to‘liq hayz xaritasi kuzatuvi
  • Foydalanuvchi sertifikati (o‘qitish huquqisiz)
Uyg‘un Oila
4.999.000 UZS
  • Simptotermal metod darslari
  • Ayollik Fiqhi darslari
  • Bonus dars “Yoni-steam”
  • Juftlar munosabati bo‘yicha dars
  • Sog‘lom Ayollik Sirlari darsi
  • 5 oy davomida kurs materiallariga kirish
  • 1 ta to‘liq hayz xaritasi kuzatuvi
  • Foydalanuvchi sertifikati (o‘qitish huquqisiz)
Uyg‘un Onalik
5.999.000 UZS
  • Simptotermal metod darslari
  • Ayollik Fiqhi darslari
  • Bonus dars “Yoni-steam”
  • Juftlar munosabati bo‘yicha dars
  • Sog‘lom Ayollik Sirlari darsi
  • To‘g‘ri emizish va oson sutdan chiqarish mahorati
  • 6 oy davomida kurs materiallariga kirish
  • STM xaritasi kuzatuvi (hayz tiklanmagan holatda)
  • Foydalanuvchi sertifikati (o‘qitish huquqisiz)

SHARHLAR

Asiya Ameen

@Ameenasiyaa

"Bismillah! Kurs haqidagi taassurotlarim judayam ijobiy. Uzoq yozib o'tirmiyman, bitta qilib etganda manga bu kurs bergan eng ASOSIY narsa ANIQLIK bo'ldi. Ko'nglim shunaqangi hotirjamki endi nimani qachon qanaqa qilish kereligini bilaman. O'z..."

Dildora Baxtiyorovna

@hafiza_my

"Tabiiylikka avvaldan qiziqardim lekin sizni darslarizdan keyin organizmimiz naqadar mukammal ekanligini va biz sezmagan ahamiyat bermagan holatda ichimizda qancha o'zgarishlar, naslni davom ettrish uchun kurashlar bo'lib o'tar ekanligini bildim. Shunchaki hayratdaman.Biz esa..."

Elnora Rustamova

@russtamovae

"Assalamu Alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Avvalosi Ummu Umayr darsida aytib o'tganidek Niyat To'gri qilib 2 dunyomizga manfaatli bo'lishni so'rab qolaman. darslar judayam tushinarli tilda har hil katta tushinarsiz jumlalarsiz yoritib berilgan...."

Xadicha Jo'rayeva

@zxadicha

"Hayz haqida ma'lumotlar, ayniqsa uni kasallik emas, ona bo'lish qobilyati ekanini eslatganiz yoqdi. Man birinchi hayzimni ko'rganimda qo'rqib ketganman, nimaligini bilmaganman. Buni yomon ish dib o'ylaganman. Hammadan yashirganman. Shu bilan 18-20 yoshimgacha..."

Robiya Muhammedova

@uxti_ra

"Ассаламу алейкум ва рахматуллоҳи ва барокатух✍ Нозимапа ман сизга шунчеки курсмас, балки ўз ҳаётимми, саломатлигимми ва аёллик ҳақида чуқурроқ тушунишимми таъминлаган, ҳақиқий билим манбаига айланган котта имконият учун миннатдорлик билдирмоқчиман. Бу курсга..."

Ummu Muhsin

@toolibah_

"Har bitta darssi ko'rganimda ko'zimdan yulduzchala chiqadi, taassurotlarim judayam ko'p. Qisqa qib etadigan bo'sam, stm darsi har bitta ayol kishi bilishi kere bo'gan ilmligiga amin bo'ldim, bu faqatgina homiladorlidan saqlanishshi o'zimas, ayollaga..."

Muhammad's wife

@zavjatuM

"Assalamu alaykum Nozima opa darsliklar juda sifatli tayyorlangan ozimni anchagina angladim ozimni kuzatishni organdim tahlil qilishni ham. Avvalgi homiladorlik vaqtimda bolgan muammolarni sababini bilmasdim tabiiyki vrachlar ham tushuntirib bermagan edi har bir..."

Aisha Shoakmalova

@shoakmalova_a

"Kursda qatnashishdan maqsad stm haqidagi bilimlarni qaytarish, yangilash va puxtalash edi... Lekin aslida bundan avvalgi kursim stmga progrev bo'lgandek tuyylib qoldi to'g'risi. Savollarimga aqlim qoniqadigan darajada javob ololyotganimdan judayam hursand bo'vomman, darslarga..."

SIZGA MO'JIZA TAKLIF QILMAYMAN

O'zingizni anglash yo'lida yo'lboshchilik, Sizni tushunuvchi, qo'llab-quvvatlovchi yo'ldoshlikni,
Tinglash,
O'z yo'lingizni hurmat qilishni taklif qilaman.

(C) Nozima Khamraeva